Asosiy qismga oʻtish

Dastgoh — Yesin tizimi · Toshkent

Qoldiq, qarz va sotuv — sanamasdan, bitta ekranda.

Tayyor asos tizimni ish tartibingizga moslab, 6–10 haftada oʻrnatamiz.

Dastgoh · Buyurtmalar

Oʻzbekiston boʻylab koʻplab bizneslar Dastgohda ishlaydi

Chakana savdo

Atir-upa doʻkoni

Atir qoldigʻi millilitr boʻyicha yuritiladi — flakon va quyma alohida.

Ishlab chiqarish

Qandolat sexi

Retsept tizimda: sotilgan tort xomashyosi oʻzi hisobdan chiqadi.

Savdo tarmogʻi

Koʻp filialli doʻkon

Har bir filialning qoldigʻi va kassasi bitta ekranda.

01 — Muammo

Bu sizga tanishmi?

Birinchi uchrashuvda eng koʻp eshitadigan gaplarimiz. Har biriga Dastgohda alohida modul bor.

  1. «Oy oxirida kassadagi pul daftardagi raqam bilan toʻgʻri kelmaydi.»

    Xarajatlar moduli
  2. «Sotuvchi ishdan ketdi — kim qancha qarzdor, hech kim bilmaydi.»

    Qarz moduli
  3. «Tovar tugaganini mijoz soʻraganda bilib qolaman.»

    Ombor moduli
  4. «Ikki filialda bitta mahsulotning soni har xil chiqadi.»

    Filiallar moduli
  5. «Excel faylni kim oʻzgartirganini topib boʻlmaydi.»

    Hammasi bitta bazada
  6. «Telegramda kelgan buyurtma yozishmalar orasida yoʻqoladi.»

    Buyurtmalar moduli

02 — Modullar

Dastgohda nima bor

Oltita asosiy modul bitta bazada: sotuv boʻlganda ombor, kassa va mijoz qarzi birga oʻzgaradi.

Buyurtmalar

Qabul qilishdan yetkazishgacha: kim oldi, qaysi bosqichda, toʻlandimi.

  • Telegram va telefondagi buyurtmalar bitta roʻyxatda
  • Holat: yangi · yigʻilmoqda · yoʻlda · topshirildi
  • Buyurtmadan ombor oʻzi kamayadi

Ombor

Kirim, chiqim va qoldiq har daqiqada. Kam qolganda oʻzi ogohlantiradi.

  • Minimal qoldiq ogohlantirishi
  • Shtrix-kod bilan qabul
  • Inventarizatsiya telefondan

Mijozlar

Har bir mijozning xaridlari, qarzi va telefon raqami bitta kartada.

  • Xaridlar tarixi
  • Doimiy mijozlarga chegirma
  • Qoʻngʻiroq va eslatmalar

Qarz

Kim, qancha, qachongacha. Daftar oʻrniga — muddati bilan.

  • Har bir mijoz boʻyicha qarz tarixi
  • Muddati kelganda eslatma
  • Qisman toʻlovlarni qabul qilish

Xarajatlar

Ijara, maosh, yoʻl kira — har kuni, toifa boʻyicha.

  • Kassadan va hisobdan chiqim
  • Oy oxirida qayerga ketgani koʻrinadi
  • Soʻm va dollarda, kurs bilan

Filiallar

Har bir filialning qoldigʻi, kassasi va sotuvi — alohida va birgalikda.

  • Filiallar orasida koʻchirish
  • Har filialga alohida huquqlar
  • Bitta hisobot — barcha nuqtalar

Yana: kassa, mahsulotlar, valyuta (soʻm va dollar), xodimlar va huquqlar, hisobotlar, Telegram Mini App.

03 — Asos tizim

Asos tayyor — qolganini sizga moslaymiz.

Asos — 12 ta sinalgan modul. Har bir biznesga uni qayta shakllantiramiz: keragini moslaymiz, keraksizini oʻchiramiz, yetishmaganini yozamiz. Pastda — shuning misollari.

Sxema 01 — Asos va uning shakllari Bitta asos · har xil shakl
Tayyor quti Ertaga ishlaydi. Lekin ish tartibingizni dasturga moslaysiz.
Dastgoh — oʻrtasi Sinalgan asos + faqat sizga xos joylar. 6–10 hafta.
Noldan yozish Hammasi sizniki. Lekin oylar ketadi va har bir xatoni birinchi boʻlib siz topasiz.
Versiyani tanlang

Asos: 12 ta sinalgan modul

Har bir biznesda shu asos ishlaydi

01 Buyurtma
02 Ombor
03 Mijoz
04 Qarz
05 Xarajat
06 Kassa
07 Mahsulot
08 Filial
09 Valyuta
10 Hisobot
11 Xodim
12 Mini App

Ramka ichida — asos. Oʻng ustun va pastki qator — mijozga xos modullar uchun joy.

Asos haqida

  • 12 ta modul har bir biznesda ishlab turibdi.
  • Har bir tizim shu asosdan boshlanadi — noldan emas.
  • Yetishmagan joyi sizga alohida yoziladi va asosga ulanadi.
  • Pastdagi misollardan birini bosing — sxema oʻsha shaklga oʻtadi.
Asos modul Moslangan Yangi yozilgan Oʻchirilgan Boʻsh joy
Dastgoh · asos → 3 versiya Varaq 1/1
Yesin · Toshkent 2026

04 — Kim uchun

Dastgoh sizga mos keladi

Toʻrttasidan kamida uchtasi toʻgʻri kelsa — bugunoq boshlashimiz mumkin:

  • 30+ sotuv yoki buyurtma — kuniga
  • 200+ nomdagi mahsulot omborda
  • 3+ xodim tizimda ishlaydi: sotuvchi, omborchi, hisobchi
  • 2 soat haftasiga — rahbar loyihaga vaqt ajrata oladi

Bularning biri ham toʻgʻri kelmasa ham — yozing. Kichikroq hajm uchun ham yechim topamiz.

05 — Loyihalar

Har xil biznes — har xil tizim

Har biri yuqoridagi bitta asosdan boshlangan. Farqi — nima moslangani va nima yangidan yozilgani.

Chakana savdo Atir-upa doʻkoni

Atir qoldigʻi millilitrgacha aniq

1ml

qoldiq aniqligi

2ta

yangi modul yozildi

quyish, tester

0ta

qogʻoz qarz daftari

Muddat 6 hafta

Nima oʻzgardi: Ombor va Mahsulot moslandi · Atir quyish va Tester yozildi.

Sxemada koʻrish
Ishlab chiqarish Qandolat sexi

Retsept boʻyicha xomashyo oʻzi hisobdan chiqadi

3kun

muddat tugashidan oldin ogohlantirish

3ta

yangi modul yozildi

retsept, reja, yaroqlilik

1ta

baza — xomashyo va tayyor mahsulot

Muddat 9 hafta

Nima oʻzgardi: Buyurtma, Ombor va Qarz moslandi · Retsept, Ishlab chiqarish, Yaroqlilik yozildi.

Sxemada koʻrish
Savdo tarmogʻi Koʻp filialli doʻkon

Barcha filialning qoldigʻi bitta ekranda

1ekran

barcha filiallar qoldigʻi

3ta

yangi modul yozildi

koʻchirish, taʼminot, tarozi

09:00

har kuni hisobot Telegramga

Muddat 7 hafta

Nima oʻzgardi: Ombor, Kassa, Filial va Hisobot moslandi · Koʻchirish, Taʼminot, Tarozi yozildi.

Sxemada koʻrish

06 — Telegram Mini App

Telegram ichida: buyurtma, qoldiq, qarz.

Xodimlaringiz va mijozlaringiz allaqachon Telegramda. Ilova yuklab olish shart emas.

  • Agent Buyurtmani mijoz oldida, Telegramdan yuboradi. Ombor uni darhol koʻradi.
  • Rahbar Har kuni 09:00 da kechagi sotuv, qarz va qoldiq — bitta xabarda.
  • Mijoz Oʻz qarzini va buyurtmasi qayerdaligini botdan koʻradi.
Mini App haqida soʻrash

07 — Jarayon

Qanday ishlaymiz

Birinchi uchrashuvdan ishga tushirishgacha — 6–10 hafta. Aniq muddat shartnomaga yoziladi.

1-hafta Toʻq — kamida · Chiziq — koʻpi bilan 10-hafta
  1. 01 1 hafta

    Tanishuv va tahlil

    Biznesingizga kelamiz: buyurtma, ombor va qarz hozir qanday yuritilishini koʻramiz. Tizimni joyida koʻrsatamiz.

    Sizdan

    2–3 soat vaqt, hozirgi daftar va Excel fayllar.

  2. 02 2–5 hafta

    Moslashtirish

    Asos modullarni ish tartibingizga moslaymiz, yetishmaganini yozamiz. Har hafta oraliq versiyani koʻrsatamiz.

    Sizdan

    Haftasiga 1 soat: koʻrib chiqish va izoh.

  3. 03 1–2 hafta

    Koʻchirish va oʻqitish

    Mahsulot, mijoz va qarzlarni Excel va daftardan koʻchiramiz. Xodimlarni oʻz ish joyida oʻqitamiz.

    Sizdan

    Xodimlar uchun 2 ta mashgʻulot vaqti.

  4. 04 2 hafta

    Ishga tushirish va kuzatuv

    Tizimda ishlay boshlaysiz, biz yoningizdamiz: savol va tuzatishlar oʻsha kunning oʻzida.

    Sizdan

    Savollarni Telegramga yozasiz.

08 — Boshqa xizmatlar

Dasturchilar kerakmi? Autsorsing ham qilamiz.

  • Veb-sayt va Telegram-bot Sizning yoki bizning dizayn
  • Mavjud dasturni qoʻllab-quvvatlash Xato tuzatish, yangi funksiya
  • Loyihangizga dasturchi ajratish Oylik yoki loyiha boʻyicha

09 — Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Aniq summani tahlildan keyin aytamiz. Narx asosni qanchalik moslashga, yangi modullarga, filiallar soniga va eski maʼlumot hajmiga bogʻliq. Tahlil 1 hafta davom etadi va natijada yozma smeta olasiz. Shartnomadagi narx keyin oʻzgarmaydi.

Ikki qism: loyihani ishga tushirish uchun bir martalik toʻlov, keyin tizim va server uchun oylik toʻlov. Ikkalasining ham aniq summasi tahlildan keyin, yozma shaklda beriladi.

Ha. Oʻzimiz kelib, tizimni sizning biznesingiz misolida koʻrsatamiz. Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramga yozing — vaqt kelishamiz.

Oʻzimiz koʻchiramiz: mahsulotlar, qoldiqlar, mijozlar va ularning qarzlari. Bu ishga tushirishdan oldin qilinadi.

6–10 hafta. Aniq muddat tahlildan keyin maʼlum boʻladi va shartnomaga yoziladi.

Ha. Har birini oʻz ish joyida oʻqitamiz. Sotuvchi va omborchiga koʻpincha telefon yetadi — Telegram Mini App orqali.

Oʻzbekistondagi serverda — qonunga koʻra shaxsga doir maʼlumotlar mamlakat ichida saqlanadi. Xohlasangiz, oʻz serveringizga oʻrnatamiz.

Ha. Tizimni biz yozganmiz, kod bizda. Yangi modul yoki oʻzgartirish alohida kelishiladi.

10 — Aloqa

Qaysi modullar kerakligini 15 daqiqada aniqlaymiz.

Qoʻngʻiroq qiling yoki yozing. Loyihani qiladigan muhandisning oʻzi gaplashadi.

+998 93 659 62 26

Dushanba–Shanba, 9:00–18:00. Ish vaqtidan tashqari yozsangiz — ertalab javob beramiz.

Demo va qoʻngʻiroqqa soʻrov

ixtiyoriy

Yozishmani afzal koʻrsangiz

Qachon qoʻngʻiroq qilaylik?

Ish vaqtida 30 daqiqa ichida qoʻngʻiroq qilamiz. Raqamingiz faqat shu qoʻngʻiroq uchun.